Parijdagi terakt qurbonlari soni 130 nafarga yetdi. Teraktlar vaqtida jarohatlanib, şifoxonaga olib kelinganlardan biri jon berdi. Bu haqda BFM telekanali xabar tarqatdi.
13 noyabr oqşomida Parij şahrida yuz bergan davomli teraktlar tufayli jarohatlanib şifoxonalarga olib kelinganlarning aksari "Bataklan" teatriga hudum vaqtida öq tegişidan jarohat olgan.
Oldingi xabarlarda ulardan 99 nafari köp qon yöqotiş tufayli oğir ahvolda ekani aytilgandi.
13 noyabr kuni oqşomida terrorçilar Parijda 7ta nuqtada öz maqsadlarini amalga oşirişdi. Avvaliga "Stad de Frans" stadioni yaqinida portlaş, keyin Sena daryosi böyidagi kafelarda öt oçilişi, nihoyat "Bataklan" teatrida odamlarning qirğin qilinişi oqibatida 129 kişi halok bölgandi.
Fransiyada öşa kuniyoq favqulodda rejim holati örnatilgan, 19 noyabr kuni bu rejim muhlati 3 oyga uzaytirilgan.
Terakt taşkilotçilaridan biri Abdulhamid Abaud 17 noyabr kuni Sen-Denida ötkazilgan aksilterror amaliyot vaqtida yöq qilindi.
Yana bir taşkilotçi Saloh Abdislom esa bir qator mamlakatlar böylab qidirilmoqda.






