Içimliklar işlab çiqaruvçi Pepsi kompaniyasi özining ilk smartfonini rasman taqdim qildi. Pepsi Phone P1 fableti örta texnik körsatkiçlar hamda hamyonbop narxga ega.

Qurilmaga 8 yadrodan iborat 1,7 GGts çastotali MediaTek MT6592 protsessori, 2 GB tezkor hamda 16 GB doimiy xotira örnatilgan. Operatsion tizimi sifatida Android 5.1 Lollipop tizimida yaratilgan Dido OS 6.1’dan foydalanilgan.

Displey hajmi 5,5 dyuym. Bundan taşqari 13 Mp asosiy hamda 5 Mp old kameraga ega.

Fablet barmoq izi skaneriga ham ega.

Smartfonni işlab çiqariş bilan Pepsi brendidan foydalaniş uçun litsenziya olgan Xitoyning Shenzhen Scooby Communication Equipment kompaniyasi şuğullanadi.

Dastlab smartfon 78 dollar narxda sotuvga çiqqan. Hozirda fablet 110 dollar narxda sotilmoqda. Biroq uşbu çegirmali smartfonlar soni çeklangan.

Ma'lumotlarga köra, aksiya tugagaç, Pepsi Phone P1 203 dollar narxda sotiladi.