Bugun, 21 noyabr kuni Ispaniya çempionatining 12-turi doirasida "Real" öz maydoni "Santyago Bernabeu"da aşaddiy raqibi "Barselona"ni qabul qiladi.

Madrid va Kataloniya superklublari örtasidagi har qanday öyin butun dunyo muxlislarini hamişa öziga jalb qilib kelgan. Futbol olami bugun teng ikkiga bölinişi kutilmoqda.

Ispaniya çempionatining 11-turidan keyin "kök-anorranglilar" aşaddiy raqibidan 3 oçkoga ilgarilab ketgan. Ungaça çempionatda yetakçilik qilib kelgan "Real" 11-tur öyinini safarda "Sevilya"ga qarşi ötkazib, 2:3 hisobida mağlub bölgandi. Bu Benites rahbarligidagi "Real"ning ilk mağlubiyatiga aylandi.

Luis Enrike boşçiligidagi "Barselona" esa mavsumda 2 marta mağlubiyatli öyin ötkazişga ulgurgan. Lekin jamoa 9 öyinda ğalaba qayd etib, turnir jadvalida yetakçilikni qöliga olgan. Jamoa oxirgi 4 öyinda 13ta gol urişga muvaffaq böldi. Qayd etiş kerakki, bu natijalar jamoaning asosiy futbolçisi Lionel Messisiz qölga kiritildi. Argentinalik futbolçi 26 sentabr kuni "Las Palmas"ga qarşi öyinda jarohat olganidan keyin maydonga qaytmadi.

Lekin u "Klasiko"gaça jarohatidan foriğ bölişga ulgurdi. Oxirgi xabarlarda uning bu öyinda kamida zaxiradan maydonga tuşişi aytilgan.

Şuningdek, bu öyinga ança vaqt jarohatda bölgan "Real" futbolçisi Xames Rodriges tayyor holda yetib keldi. "Barselona"ning yana bir asosiy futbolçilaridan biri Ivan Rakitiç ham formasini tiklagan. Jamoa darvozaboni Keylor Navas ham tarkibga qaytgan. "Real"dagi himoyaçilar Serxio Ramos va Marselo ham öyinga tuşişga tayyor. Şu tariqa ikki jamoa ham öyinga jangovar holatda yetib keldi.

Bu öyinda faqatgina "Real" hujumçisi Karim Benzema iştirok etmasligi mumkin. Uning şaxsiy hayotidagi muammolar (Valbuena bilan boğliq mojarolar) tufayli uning ruhiy jihatdan tayyor bölmasligi öyinni ötkazib yuborişiga sabab bölişi mumkin.

Bugun "qaymoqranglilar" ğalaba qozonişsa, jadvalda 1-öringa kötarilib olişadi. Mağlubiyat esa "Qirollik klubi"ning 6 oçko ortda qolişiga sabab böladi. Şu bois, "Madrid"dagi bosim ikki barobar yuqori.

La liga rahbariyati jahondagi barça işqibozlarning, xususan, osiyoliklarning manfaatlarini öylab, öyinni mahalliy vaqt bilan 18:15 (Toşkent vaqti bilan 22:15)ga belgilagan.

Parijdagi teraktlar tufayli öyinni xavfsiz şaroitlarda ötkaziş çoralari kuçaytirilgan.

Öyin hakami etib andalusiyalik (Almeriya) David Fernandes Borbalan tayinlangan.