Yaqinda Butunjahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoşlik indeksi – jahon iqtisodiyoti holatining yillik ma'lumotnomasi e'lon qilindi.
BIF ma'lumotnoma tayyorlaşda köplab körsatkiçlarni – biznes yuritiş uçun yaratilgan şaroitlardan tortib amaldorlarning pora olişigaça hisobga oladi. Körsatkiçlardan biri soliq miqdori bölib, u qançalik yuqori bölsa, raqobatbardoşlik şunça past böladi.
Bu körsatkiçni ölçaş uçun “umumiy soliq stavkasi”dan foydalaniladi.
Bu beşta turdagi soliqlarning umumiy yiğindisi bölib, ular quyidagilardir: daromad yoki korporativ daromad soliği, ijtimoiy yiğimlar va iş beruvçi tomonidan tölanadigan mehnatga tölov jamğarmasi soliği, mol-mulk soliği, aylanma mablağ soliği va boşqa mayda soliqlar. Bunga işçi kuçi yollagani uçun tölanadigan soliq kiradi.
Quyidagi mamlakatlar dunyodagi eng köp miqdorda soliq olinadigan mamlakatlar hisoblanadi.
19. Ispaniya: 58,2 foiz
Ispaniya boş vaziri Mariano Raxoy
Röyxatda 19-örinda bölişiga qaramasdan, Ispaniya Yevropa davlatlari içida atigi uçinçi örinda.
18. Hindiston: 61,7 foiz
Hindiston boş vaziri Narendra Modi Xalqaro yoga kunida fuqarolar bilan yoga maşğulotlarida
Moliya vaziri Arun Jyeytli korporativ soliqlar darajasini 5 foizga tuşirmoqçi.
17. Tunis: 62,4 foiz
Fuqaro qöllarida Tunis bayroğini kötargança 2011 yilgi inqilobning tört yilligini nişonlamoqdat
Tunis umumiy soliq stavkasi böyiça Şimoliy Afrikada ikkinçi örinda turadi.
16. Benin: 63,3 foiz
Benin prezidenti Boni Tomas Yai ötiş hukumatining qaytişiga bağişlangan marosimda iştirok etmoqda
Jahon bankining ma'lumotiga qaraganda, mamlakatda korporativ daromad soliği atigi 15,9 foizni taşkil etadi, lekin qolgan soliqlarning miqdori biznesga ortiqça bosim yuklaydi.
15. Gambiya: 63,3 foiz
Gambiya va AQŞ rahbarlari oilalari Afrika mamlakatlari yetakçilari sammiti vaqtida
Gambiyada tabiiy boyliklar yöq, u dunyoning eng qaşşoq mamlakatlaridan biri. Bu yerda soliq daromaddan emas, mablağ aylanişidan olinadi.
14. Çad: 63,5 foiz
Çad prezidenti Idris Debi Keniata xalqaro anjumanlar markazida terrorçilikka qarşi kuraş böyiça sammitda Afrika ittifoqining tinçlik va xavfsizlik kengaşiga murojaat qilmoqda
Gambiya singari Çad ham qişloq xöjaligi evaziga yaşaydi va judayam qaşşoq mamlakat. Soliqlar mablağ aylanmasining 1,5 foiz ini yoki daromadning 40 foizini taşkil etadi.
13. Xitoy: 64,6 foiz
Uşbu röyxatdagi boşqa mamlakatlar singari Xitoyda ham ayrim soliqlar korxonalarning daromadidan emas, mablağ aylanmasidan olinadi.
12. Italiya: 65,4 foiz
Italiya boş vaziri Matteo Rentsi
Bu davlat özining yuqori darajadagi soliqlari bilan nom qozongan, lekin Yevropada birinçi örinni boşqa mamlakatga böşatgan.
11. Venesuela: 65,5 foiz
Venesuela va Kolumbiya çegarasidagi Taçira daryosi orqali muzlatgiç olib ötayotgan kişi
Venesuela hukumati yuqori soliq siyosatiga amal qiladi, sobiq prezident Ugo Çaves davrida esa xorijiy neft kompaniyalaridan olinadigan soliq osmon qadar kötarilib ketgandi.
10. Nikaragua: 65,8 foiz
Nikaragua prezidenti Daniel Ortega (çapda) va Nikaragua armiyasi boş qömondoni Xulio Sezar Aviles Nikaragua armiyasi taşkil etilganligining 36 yilligiga bağişlab Xuan Pablo II maydonida ötkazilayotgan harbiy paradda
2012 yilda Xalqaro valyuta jamğarmasi mamlakat hukumatiga korporativ soliq tizimini soddalaştirişni taklif etgan.
9. Fransiya: 66,6 foiz
Odamlar Ronald Makdonaldning haykalini kötarib olişgan. Qişloq xöjalik işçilari kasaba uyuşmasi yetakçisi Joze Bove va “McDonald's” korporatsiyasi örtasidagi sudning ikkinçi kuni
Hukumat islohotlar ötkazişga va korporativ soliq miqdorini kamaytirişga va'da bergan bölsa-da, mamlakat Yevropada soliqlar böyiça birinçi örinda.
8. Gvineya: 68,3 foiz
Fransiya prezidenti Fransua Olland (çapda) va Gvineya prezidenti Alfa Umar Konde Konakri aeroportidagi kutib oliş marosimida madhiya tinglaşmoqda
Gvineyada korporativ soliqning katta qismi ötgan yilgi mablağ aylanmasidan yagona stavka böyiça hisoblanadi.
7. Braziliya: 69 foiz
Braziliya prezidenti Dilma Rusef elektroenergetika böyiça investitsiya dasturiga bağişlangan marosimda
Ötgan yili Lotin Amerikasining eng yirik mamlakatida soliq tizimidagi islohotlar doirasida iş haqidan uşlanadigan 20 foizlik soliq bekor qilindi.
6. Mavritaniya: 71,3 foiz
Mavritaniya prezidenti Muhammad ul Abdul Aziz Pekindagi xalq majlisi katta zalida XXR prezidenti Si Tszinpin (suratda yöq) bilan hujjatlar imzolaş jarayonida
2013 yili qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan bu mamlakat xorij kompaniyalari uçun yaxlit 15 foizli daromad soliğini joriy etdi.
5. Jazoir: 72,7 foiz
Jazoirlik futbol işqibozlari 2014 yilgi jahon çempionati paytida Jazoir-Rossiya uçraşuvidan söng milliy bayroqlarini kötarişmoqda
Jazoirda barça Afrika mamlakatlari orasida eng yuqori soliq darajasi mavjud.
4. Kolumbiya: 75,4 foiz
Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos
Mamlakatda boylik uçun soliq amal qiladi. Kolumbiya soliq miqdori böyiça jahonda törtinçi, Lotin Amerikasida uçinçi örinni egallaydi.
3. Tojikiston: 80,9 foiz
Harbiylar milliy armiya taşkil etilganligining 17 yilligiga bağişlab ötkazilayotgan paradda
Bu mamlakatda mablağ aylanmasidan 2 foiz soliq olinadi.
Boliviyada operatsiyalar uçun solinadigan 3 foizlik soliq kompaniyalar daromadining 60 foizini olib qöyadi — va bu boşqa soliqlar hisoblanişidan oldin böladi. Lekin Boliviya uşbu röyxatdagi yetakçi, yana bir Lotin Amerikasi mamlakatidan bu borada ortda qoladi.
1. Argentina: 137,3 foiz
Argentina prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner Buenos-Ayresdagi Kassa-Rosada saroyida maktablarni ta'mirlaş uçun ajratilgan yangi subsidiyalar va imtiyozlar haqida sözlamoqda
Hisob-kitoblarga qaraganda, Argentinada umumiy soliq stavkasi korporativ daromadning 100 foizidan oşadi. Birgina mablağ aylanmasidan olinadigan soliq 90 foiz pulni “yeb yuboradi”, bundan taşqari iş haqi va moliyaviy ötkazmalar uçun ham soliq olinadi.
Manba: <strong><a href="http://xabardor.uz/" target="_blank">Xabardor.uz</a></strong> internet naşri
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi