Rimdagi Kolizey yaqinida unga kiriş uçun temir qidiruv qurilmasi örnatiladi, deb xabar bermoqda TASS, muzey matbuot kotibi ma'lumotiga asoslanib.
“Rim arxeologiya va madaniy meros qöriqlaş boşqarmasi Parijdagi teraktlar sabab şunday çora qölladi”, — dedi matbuot kotibi boşliği Kristiano Brugitta.
Ma'lum qilişlariça, uşbu qurilma Kolizey devorlari yaqinida örnatiladi. Sayyohlarni u yerga qabul qiliş jarayoni qanday keçişligi haqida aniqlik kiritilmagan.
Kolizeyga bir kunda 10-12 ming sayyoh taşrif buyuradi. Şu bois qurilmadan ularni navbatma-navbat ötkaziş nazarda tutilgan.






