Malida 3 kunlik motam va 10 kunlik favqulodda rejim holati amalda bölişi e'lon qilindi. Bu haqda mamlakat prezidenti Ibrohim Bubakar Keyta Bamakoda 20 noyabr kuni amalga oşirilgan terakt böyiça ma'lumotlarni ma'lum qiliş vaqtida aytib ötgan.
20 noyabr kuni poytaxtdagi Radisson Blu mehmonxonasiga Kalaşnikov avtomatlari bilan qurollangan şaxslar bostirib kirişi oqibatida asosan xorijliklar yaşaydigan bu mehmonxonada 19 kişi halok bölgani (ularning içida mehmonxona xizmatçilari ham bor) ma'lum qilingan. Şuningdek, 7 kişi jarohatlangan, ulardan 3 nafari qutqaruv amaliyotida iştirok etgan huquq tartibot organlari xodimlaridir.
Eslatib ötamiz, 20 noyabr kuni ertalab Mali poytaxti Bamako şahridagi Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga jangarilar bostirib kirdi va 170 kişini asirga oldi.
Garovdagilarni qutqariş uçun ötkazilgan amaliyotda Fransiya va AQŞ, şuningdek BMT tinçlikparvar kuçlari vakillari iştirok etişgan.
Bu hujum uçun javobgarlikni "Al-Qoida"ning Afrikadagi bölimlaridan biri "Al-Murabitun" guruhi öz zimmasiga olgan.






