Siz kitobsevar insonlar toifasiga kirasizmi? Agar bunday bölmasa, şoşilmang. Quyida sizga sözlab bermoqçi bölgan kiçik hikoyalarimiz uzoği bilan 5-10 daqiqa vaqtingizni oladi. Işonamizki, bu kiçik ijod mahsullari hayotga bölgan qaraşingizni tubdan özgartirib yuboradi. Ularning har birida qimmatbaho ögit yaşirin. Bu hikoyaçalar sizga şunday bir dars beradiki, ulardan topganingizni katta-katta qissalar hamda romanlardan topa olmaysiz. Xuddi ana şu beş hikoya hayotdagi öz örningizni qayta körib çiqişingizga majbur qiladi.

Birinçi hikoya

Kunlarning birida siçqon ferma xöjayini qöygan qopqonni körib qoldi. U bu haqda qöyga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qörqamiz? Uning bizga heç qanday aloqasi yöq”, deb javob qaytarişdi.

Kunlardan bir kun qopqonga ilon tuşib qoldi va xöjayinning xotinini çaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini çiqarib taşlaş va unga quvvat böladi, degan umidda fermer tovuqni söydi-da, undan xotiniga tovuq şörva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini körişga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uçun qöyni söydi hamda uning göştidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani ötkaziş uçun fermer sigirni ham söyişga majbur böldi.

Bu ötgan vaqt mobaynida vaziyatni öz uyasidan kuzatib turgan siçqon bölib ötgan hodisalar haqida fikr yuritardi...

Qissadan hissa. Bu hayotda heç kim heç narsadan himoyalanmagan, şu sababli boşqaning muammosiga befarq bölmaslik kerak.

Ikkinçi hikoya

Burgut baland bir daraxtda şunçaki dam olib ötirgan edi.

Uning bu ötirişini körib qolgan quyonça burgutdan söradi:

— Xuddi sendek heç narsa qilmay, bamaylixotir ötirişim mumkinmi?

— Albatta, mumkin, nimaga yöq ekan, — dedi burgut.

Quyonça daraxtning tagiga ötirib dam olişni boşladi. Şunda birdan qayerdandir tulki paydo böldi-yu, uni uşlab, yeb qöydi.

Qissadan hissa. Agar sen heç iş qilmasdan bemalol va xotirjam bölişni xohlasang juda-juda yuqorida ötirişing kerak. Körpangga qarab, oyoq uzat.