Suriyadagi ixtilofdan körilgan iqtisodiy ziyon “yuz milliardlab” dollarga baholanmoqda. Bunday bahoni Suriya prezidenti Başar Asad “Feniks-TV” Gonkong telekanali orqali körsatilgan intervyusida keltirib ötdi.

Asadning ma'lumotlariga köra, ixtilof oqibatida 10 foiz maktablar, 30 foiz şifoxonalar vayron bölgan. Infratuzilma, energetika obektlari jiddiy zarar körgan. “Bu istalgan uruşning oqibatidir va bu juda dahşatli”, deb aytdi Asad.

Asad, şuningdek, terrorçilar tomonidan tarixiy-madaniy yodgorliklarning yöq qilinişi yuzasidan afsusdaligini aytdi. “Talangan obektlardan köpçiligi noqonuniy yöl bilan mamlakat taşqarisiga olib çiqib ketilgan bölişi mumkin. Biz döstona davlatlar va YuNeSKO kabi xalqaro taşkilotlar bilan bu yodgorliklarni topib, ortga qaytariş böyiça iş olib boramiz”, deb qöşimça qildi Asad.