Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 22 noyabridan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 söm 62 tiyinga qimmatlaşib, qiymati 2 735 söm 74 tiyinni taşkil qilmoqda.
1 Yevro 33 söm 92 tiyinga arzonlaşib 2 931 söm 67 tiyinni taşkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining sömga nisbatan qiymati kiçik miqdorda ösdi. Yangi kursga köra, 1 Rossiya rubli 68 tiyinga qimmatlaşib, 42 söm 50 tiyin qiymatga ega bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.