Gretsiya poytaxti Afina şahri markazidagi tadbirkorlar federatsiyasi binosi yaqinida bomba portladi, deya xabar bermoqda Reyter agentligi politsiya ma'lumotlariga asoslangan holda.

Portlaş mahalliy vaqt bilan 3:30 (Toşkent vaqti bilan 6:30)da grek parlamenti qarşisida joylaşgan Sintagma maydoni yaqinida sodir etildi. Portlovçi uskuna soat mexanizmi yordamida harakatga kelgan.

Agentlikning politsiyadagi axborot manbasi sözlariga köra, qöporuvçilik harakatidan taxminan 30 daqiqa oldin portlaşga tayyorgarlik körilayotgani haqida ogohlantiruvçi qönğiroq bölgan. Bomba portlaşi natijasida yaqin atrofdagi binolarning oynalari tökilib tuşgan, hodisadan heç kim jabr körmagan.

Huquqni muhofaza qiliş organlari taxminiga köra, portlaş yunon jangari guruhlari tomonidan sodir etilgan. Bu kabi voqea 2015 yilning yanvarida hukumatga Aleksis Tsipras boş vazir bölib kelganidan buyon ilk bor kuzatildi.