Ma'lumki, Apple köpdan buyon 2019 yilga qadar elektromobil taqdim etişni va'da qilayotgan Titan loyihasi ustida işlamoqda. Bu işni bitirişga texnogigantga Tesla yordam beradi, deb yozadi Fortune naşri.
Aytilişiça, 200 mlrd dollarga ega Apple Ilon Mask kompaniyasini bemalol xarid qilişi mumkin. Tesla bugungi kunda elektrokarlar yaratiş böyiça bozor yetakçisi sanalmoqda.
Şu bilan birga, Apple Tesla akkumulyatorlarida qöllaniladigan texnologiyalarga ham ega böladi. Ilon Maskning fikriça, bu texnologiyalar jahon energetika infrastrukturasini mutlaqo özgaritib yuborişi mumkin.






