"Arsenal" jamoasi himoyaçisi Per Mertezaker YeÇLning 5-turida Zagrebning "Dinamo" klubiga qarşi ötkaziladigan bahsdan oldin jurnalistlar bilan gaplaşdi.
"Biz uşbu turnirda uzoqroqqa borişni istaymiz. Hozirgi vaziyatdan kelib çiqib aytadigan bölsak, bu maqsadga erişiş oson bölmaydi.
Axir YeÇLning har bir uçraşuvida ğalaba qozoniş oson iş emas. Hozirda imkoniyatlarimiz biroz past bölişiga qaramay, oxirigaça kuraşişda davom etamiz.
Guruhdan çiqiş uçun imkoniyatlar saqlanib qolgan. Biz uy uçraşuvida şuni inobatga olgan holda, öyinga jiddiy munosabat bilan yondoşamiz.
Bundan buyoğiga xato qilişga umuman haqqimiz yöq.
Unutmaslik kerakki, biz öz maydonimizda YeÇLning joriy mavsumida Yevropaning eng kuçli jamoalaridan biri "Bavariya"ni yengdik. Biz yana bir şunday zör öyin körsatişimiz kerak", - deydi germaniyalik futbolçi.
YeÇLning guruh bosqiçida F guruhidan örin olgan "kanonirlar" 4-tur öyinlari natijasiga köra 3 oçko bilan uçinçi örinda turibdi. 5-turda özaro uçraşadigan "Bavariya" va "Olimpiakos" jamoalarida 9tadan oçko mavjud. Zagrebning "Dinamo" jamoasi esa 3 oçko bilan törtinçi örinda.






