"Barselona" jamoasining sobiq futbolçisi va sardori Karles Puyol jamoa himoyaçisi Mark Bartraning manfaatlarini himoya qilişga kirişadi. Marca naşri xabariga köra, 37 yoşli sobiq futbolçi endi futbol agentiga aylandi va uning ilk mijozi Mark Bartra hisoblanadi.

Butun futbolçilik faoliyatini "Barselona"da ötkazgan Puyol 2014 yilning yozida butsalarini mixga ilgandi.

Puyol futbolçilikni töxtatgaç, "Barselona" jamoasi sport direktori Andoni Subisarettaning yordamçisi sifatida işlagan, 2015 yilning fevralida Subisaretta işdan ketgaç, u ham iste'fo bergandi.

Ma'lumot uçun, 25 yoşli Bartra joriy mavsumda "Barselona" safida 5ta öyinda maydonga tuşib, bitta gol urişga erişdi.