Toşkent viloyati Yangiyöl tumanining çegara yaqinidagi “Umid” mahallasi faollari tomonidan ikki nafar çegarabuzar qölga olindi. Bu haqda “Umid” mahallari fuqarolari bilan bölib ötgan davlat çegarasi xavfsizligiga bağişlangan uçraşuvda ma'lum qilindi.

«Taşkentskaya pravda» naşrining yozişiça, uçraşuvda misol sifatida mazkur mahallada istiqomat qiluvçi Saida Odilova (ism va familiya özgartirilgan)bir neça bor noqonuniy yöllar orqali Özbekistonning Qozoğiston bilan çegarasini buzib ötgani keltirib ötilgan. U yaşirin tarzda öz “biznesi”ni yurğiziş uçun turli mahsulotlarni taşigan. S.Odilova faollar tomonidan qölga olinib, huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari qöliga topşirilgan.

Unga nisbatan eng oylik iş haqining 110 barobari miqdorida jarimaga tortiş jazosi qöllanildi.