Vetnamning Namdin provinsiyasi hududida eng semiz muşuk nomiga nomzod bölgan jonzot borligi aniqlandi. Mazkur Miu laqabli muşukning oğirligi deyarli 20 kilogrammni taşkil etişi aytilmoqda, deb yozadi Daily Mail.
Muşukning xöjayini 75 yoşli Çan Txi Nga hisoblanadi. U Miuni 10 yil muqaddam sotib olgan. Miu boşqalardan ovqat iste'mol qilişdagi ajablanarli qobiliyati bilan ajralib turadi. Egasining sözlariga köra, muşuk juda tez ösgan. «Bir oy ötib u deyarli bir kilogramm vaznga ega bölgandi», – deydi Çan Txi Nga.
Muşuk mahalliy aholi örtasida juda maşhur bölgan. Mazkur uy hayvonini sotib oliş taklifi bilan bir neça marotaba çiqilganiga qaramay beka uni sotişdan boş tortgan.
«U meni döstim yoki öğlimdek, nevaramdek bölib qolgan», – deya tasdiqlaydi Vetnam fuqarosi.
Hozirgi kundagi rekord nemis muşugi Elvisga tegişli. Elvisning vazni 17,5 kgni taşkil qiladi. Agar Miuning vazni rasmiy ravişda tasdiqlansa u dunyodagi eng semiz muşuk nomini qölga kiritadi, deb yozadi Daily Mail.






