Çeçeniston Içki işlar vazirligi öz xodimlarining Muhammad payğambar (s.a.v.) haqiga tilovat qiliş miqdorini hisoblaş tizimini kiritdi, deb xabar bermoqda RBK naşri.

Ma'lum qilinişiça, IIVning har bir xodimi 20 noyabrdan 25-27 dekabrgaça, ya'ni Muhammad payğambar (s.a.v.)ning tuğilgan kunlari kirgunça ularning haqlariga 300 mingta qisqa tilovat öqişi kerak.

“IIVning rahbarlari va vazirlikka böysunuvçi barça organ va bölinmalar şaxsiy tarkibi tomonidan öqilgan tilovatlar miqdori haqidagi ma'lumot IIV ştabiga har hafta ma'lum qilib turiladi”, deb xabar berilmoqda IIVda.

IIVda, şuningdek, xodimlarning oila a'zolari öqigan tilovatlar ham xodim hisobiga ötişi mumkinligi qöşimça qilindi.

Avvalroq Doğistonda namoz uçun möljallangan sensorli joynamoz yaratilgani ma'lum qilingandi. Uşbu joynamoz namoz paytida namozxonlarga rakatlar hisobidan adaşib ketmaslikka yordam beradi.