AQŞning patent va tovar belgilari böyiça taşkiloti Google kompaniyasi bergan yangi arizani röyxatdan ötkazdi. Endi Google’ning “aqlli” közoynaklari monokl şaklida böladi, deb xabar bermoqda Techcrunch naşri.
Köz sathida displeyni uşlovçi dasta egasining şaklini qaytara oladi va uni uşlab turadi. Şakl uçta pozitsiyada: çakka, quloq va ensa darajasida özgaradi.
Google joriy yil boşida Google Glass közoynagini qayta körib çiqiş zarurligi tufayli sotişni töxtatişini ma'lum qilgandi. Mart oyida kompaniya mahsulotni sotişning yangi yöllarini qidirayotganini ma'lum qilgandi. Noyabrda esa Google kompaniyasi Project Aura doirasida birvarakayiga uçta taqib yuriluvçi qurilmalar, jumladan Google Glass ustida iş olib borayotgani ma'lum bölgandi.







