Britaniyalik boksçi Tayson Fyuri ukrainalik jahon çempioni Vladimir Kliçkoni mağlub etdi va IBF, IBO, WBO va WBA versiyalari böyiça jahon çempioni unvonlarini qölga kiritdi. 29 noyabrda Dyusseldorfda bölib ötgan jang britaniyalik sportçining oçkolar ustunligi bilan yakunlandi.
12 raund davom etgan jang natijalariga köra barça hakamlar bir ovozdan ustunlikni Fyuriga berişdi. Jangda 115-112, 115-112, 116-111 hisobi qayd etildi.
39 yoşli Kliçko va 27 yoşli Fyuri örtasidagi jang avvalroq, ya'ni 24 oktabrda bölib ötişi kerak edi, biroq ukrainalik jarohat olgani sababli keyinga köçirilgandi.
Vladimir Kliçko hisobida endi 68 ta jangda 64 ta ğalaba, Fyuri hisobida esa 25 ta jangda 25 ta ğalaba bor.
Vladimir Kliçko oxirgi marta 2004 yil aprelida mağlub bölgan edi. Öşanda u WBO versiyasi böyiça vakant jahon çempioni unvonini texnik nokaut bilan AQŞlik Laymon Bryusterga boy bergan edi.






