Ertaga, 30 noyabr kuni WBA versiyasi böyiça super oğir vazndagi doimiy çempion, özbekistonlik Ruslan Çagayev hamda bu maqomga rasmiy da'vogar, avstraliyalik Lukas Braun örtasida uçraşuv ötkaziş qarori muddati tugaydi. Uşbu masalaning hal qilinişiga Butunjahon boks uyuşmasi (WBA) aralaşişi mumkin.
Agarda Çagayev bu jangda ğalaba qozonsa, uning keyingi raqibi kuni keça Vladimir Kliçkodan 4 versiya böyiça çempionlik kamarlarini tortib olgan britaniyalik Tayson Fyuri bölişi mumkin.
Çagayev öz faoliyatida 2 martagina mağlubiyatga uçragan: 2009 yilda Vladimir Kliçkodan, 2011 yilda esa Aleksandr Povetkindan. Şu tariqa, özbekistonlik sportçi Kliçko bilan matç-revanş ötkaziş imkoniyatidan mahrum böldi.






