30 noyabrga ötar keçasi Moskvadagi Birinçi şahar şifoxonasida rossiyalik maşhur rejissyor Eldar Ryazanov 88 yoşida olamdan ötdi. TASS axborot agentligi bu xabarni öz manbasi orqali tasdiqlagan.

Eldar Ryazanov 21 noyabr kuni oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgandi. Bungaça ham u yurak xuruji tufayli sentabr va oktabr oylarida davolanib çiqqandi.

Biroz oldinroq, unga sun'iy yurak ventilyatsiyasi ulangani xabar qilingandi.

Ma'lumot uçun, uşbu rejissyor "Karnaval keçasi", "Avtomobildan ehtiyot böling", "Qaroqçi çollar", "Taqdir hazili yoki quşdek yengil böling!", "Işdagi işq", "Ikki kişilik bekat" kabi özbek kinotomoşabinlari uçun ham qadrdon bölib qolgan kinokartinalar işlagan edi.

Eldar Aleksandroviç Ryazanov 1927 yilning 18 noyabrida Samara şahrida, kinoçilar oilasida tuğilgan. 1950 yilda Ryazanov Butunrossiya davlat kinematografiya universitetini bitirgan. Şundan söng u 5 yil davomida hujjatli filmlar böyiça Markaziy studiyada işlagan, keyin "Mosfilm"ga kelgan. 1956 yilda uning ilk jiddiy işi "Karnaval keçasi" suratga olingan.

U ssenariynavis Emil Braginskiy bilan hamkorlikda "Avtomobildan ehtiyot böling", "Qaroqçi çollar", "Taqdir hazili yoki quşdek yengil böling!", "Işdagi işq", "Ikki kişilik bekat", "Omad zigzagi", "Italiyaliklarning Rossiyadagi ğaroyib sayohati", "Garaj" kabi kartinalarni işladi.

1980-yillarda uning lirik kartinalari "Beşafqat romans" va "Fleyta uçun kuy" kabilar dunyoga keldi. Ötgan asrning 90-yillarida esa uning rejissyorligidagi ijtimoiy tragikomediyalar: "Va'da qilingan osmon" va "Qari qirçanği" kabilar paydo böldi. Ryazanovning sönggi filmlari sifatida "Andersen ertagi. Sevgisiz hayot", "Karnaval keçasi-2. Yoki 50 yil ötib" telefilmi (2007) bölib qoldi.