Özbekiston aloqa operatori Beeline Va4ach eng yangi mobil ilovasining işga tuşirilgani haqida xabar beradi. Dastur milliy messenjerni ifodalaydi – WhatsApp, Viber va Telegram kabi ommabop servislarning milliy analogi bölib, bugungi kundan boşlab barça Beeline abonentlari Android OT Google Play dökonidan ilovani yuklab olişlari mumkin.

Voqeani şarhlar ekan, Unitel‘ning tijorat direktori Maksim Yefremov şunday dedi: “Bu haqiqatdan ham Özbekiston uçun noyob loyiha, u Beeline abonentlarining qulay muloqotlari uçun barça imkoniyatlarni yaratadi. Sir emas, söngi payt mobaynida turli messenjerlar dunyo böylab yuzlab insonlarni öziga jalb etdi, şuning uçun kompaniyamiz, bozorning innovatsion yetakçisi sifatida uşbu trenddan çetda qolmadi. Şaxsiy on-layn messenjerning joriy qilinişi mijozlariga jahon darajasidagi zamonaviy xizmatni taqdim etuvçi digital-provayder imidjini yana bir bor tasdiqlaydi”.

Va4ach‘ning boşqalardan farqi – bepul tarifikatsiya, fotosuratlar, videofayllar va ovozli xabarlar bilan tezkor almaşiş, va bir neça kişiga bir paytning özida xabarlar yuboriş imkoniyatining borligidir.

“Messenjerning asosiy afzalligi şunda-ki, u Beeline abonentlari uçun mutlaqo bepul, – deydi Unitel‘ning marketing xizmati rahbari Hilola Karimboyeva. – Bundan taşqari, Va4ach TAS-IX doirasi joylaşgan, bu esa matnli va multimediya xabarlarning yetkazib beriliş tezligi yuqori ekanligini körsatadi. Işonaman, messenjerimizni nafaqat mijozlarimiz orasida, balki barça Android foydalanuvçilari orasida ham katta ommaboplik kutmoqda”.

Va4ach on-layn messenjerini quyidagi havola orqali yuklab oliş mumkin:

https://play.google.com/store/apps/details?id=com.unitel.va4ach