Özbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi sifatida faoliyat körsatib kelgan Akmal Kamalov öz lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Özbekiston TIV saytidagi ma'lumotlar darak beradi.

Kamalov bu lavozimda 2014 yilning oktabr oyidan beri xizmat qilib kelayotgandi. Ungaça Akmal Kamalov Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri birinçi örinbosari lavozimida işlagan.

Hozirça uning örniga Özbekistonning Rossiyadagi yangi elçisi sifatida kim tayinlangani ma'lum qilinmagan.