NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Rossiyaning Su-24 bombardimonçi samolyoti urib tuşirilişidan oldin Turkiya havo hududini buzganini aytdi.

“Bizda özimizning axborot manbalarimiz bor va ular bergan ma'lumotlar Turkiya taqdim qilgan ma'lumotlar bilan mos kelmoqda. Çegara buzilgan va bu birinçi marta yuz bermagan, Turkiya öz havo hududi va çegaralarini himoya qilişga haqli”, deb aytdi Stoltenberg Bryusselda jurnalistlarga.

Stoltenbergning aytişiça, NATOning vazifasi Rossiya-Turkiya munosabatlarida keskinlikning avj olişiga yöl qöymaslikdan iborat.

“Biz vaziyatning yomonlaşişiga yöl qöymaslik maqsadida Turkiya va Rossiya örtasida aloqa örnatişga yordam berişimiz kerak”, deb ta'kidlab ötdi Stoltenberg.