Janubiy Koreyaning ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi Sambo Motors kompaniyasi Germaniyaning Carlsson tyuning-atelesini xarid qildi. Kelişuv 4 dekabr kuni tölaligiça yopiladi. Firmaning narxi oşkor etilmayapti.
Atele uning bankrotligi e'lon qilingani va mulki kim oşdi savdosiga qöyilganidan söng kompaniyani boşqarib kelgan tanlov boşqaruvçisi Robert Şibe tomonidan sotildi.
Carlsson — Mercedes-Benz avtomobillariga ixtisoslaşgan ikkinçi mustaqil tyuner bölib, u Saarbryukken şahri sudiga bankrot deb e'lon qiliş töğrisidagi arizani 28 aprel kuni topşirdi. Firma vakillarining sözlariga köra, likvidlik muammolarini kreditorlar örtasida kelişmovçiliklarni yuzaga keltirdi, xitoylik asosiy aksiyador esa atelega moliyaviy kömak körsatişni töxtatgan.
Tanlov boşqaruvçisi Carlsson işini sotuv yakunlanmaguniga qadar davom ettiriş haqida qaror qabul qildi, lekin personal hajmini qisqartirmadi, şuningdek, kompaniya hamkorlari yordamida Mercedes-Benz C-Class bazasidagi tyuning-loyihani Frankfurtdagi motorşouda realizatsiya qildi.
Carlsson mulki sotuvga qöyilgaç, ateleni xarid qilişga 250 firma qiziqiş bildirdi. Ulardan 4tasi tanlab olindi, 19 noyabrda esa Sambo Motors ğolib böldi.