Özbekiston va Pokiston Toşkentdagi sammitdan söng özaro munosabatlar yanada kuçayişidan umid qilmoqda. Pokiston boş vaziri Miyon Muhammad Navoz Şarif 17 noyabr kuni Toşkentga 2 kunlik safar bilan kelib, Özbekiston prezidenti Islom Karimov bilan muzokaralar ötkazdi. Safar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş töğrisidagi şartnoma imzolanişi bilan yakunlandi.
Tomonlar yillik tovar aylanmasini 300 mln dollarga yetkazişni rejalaştirmoqda. Bu yilgi sonlar ma'lum emas, ammo 2010 yili bu körsatkiç 40 mln dollarni taşkil qilgan edi. Ammo mamlakatlar aholisining köpligi inobatga olinsa, bu sohadan keladigan daromadni ança oşirsa böladi.
Şuningdek, ikki davlat xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirişni rejalaştirmoqda. Mintaqaviy terrorizm kuçli pozitsiyalarga ega bölgan Afğoniston har ikki davlat bilan çegaradoşdir, şuning uçun ularning umumiy manfaatlari va xatarlari mavjud. Şu bois ikki davlat rahbarining qöşma bayonotidan BMT kömagida Afğonistonda tez muddatda tinçlik örnatişga çaqiriqlar örin oldi.






