Moskva birjasidagi savdolar davomida dollar kursi 68,26 rublga yetdi hamda deyarli 50 tiyinga oşdi. Rossiya rubli OPeKning neft oliş hajmini köpaytiriş haqidagi qarori ortida neft narxi pasayişi oqibatida öz mavqeini yöqotmoqda. Bundan birjadagi ma'lumotlar guvohlik bermoqda.
4 dekabrda OPeK işlab çiqariş kvotalarini kuniga 31,5 mln barrelgaça oşirdi. Şundan keyin Brent nefti narxi 44,64 dollardan 42,76 dollarga pasaydi. Moskva vaqti bilan soat 17:50 da uşbu neft turi 43,17 dollardan sotilayotgan edi.
3 dekabrda OPeK a'zolaridan biri bölgan Eron neft qazib olişni kuniga 2 mln barrelga qisqartirişga çaqirgan edi. Eron neft vazirining fikriça, bunday çora me'yoridan ortiq talabga ega bozorni muvozanatlaşga yordam berişi kerak.
13 noyabrda Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov davlat byudjyeti 2016 yilda neft narxi pasayişi tufayli yana bir trln rubl yöqotişi mumkinligi aytgandi. Byudjyet körsatkiçlari neft narxi örtaça 50 dollarni taşkil qilişidan kelib çiqib qabul qilingan.
Sentyabrda OPeKka a'zo davlatlar kuniga 31,71 mln barrel qazib olişgan va şu tariqa özlarining kuniga 30 mln barrel neft qazib oliş böyiça kvotalarini buzişgan.






