Mazkur maqolada qulaylik, şohona hayot va yoddan kötarilmaydigan taassurotlar uçun pul ayamaydiganlar uçun eng qimmat dam oliş joylarining reytingi haqda gap ketadi. Çiroyli dam oliş ta'qiqlanmagan!

Hindistonning buyuk saroylariga sayohat

Maşhur tur agentlik Ampersand Travel Hindistonning uç afsonaviy saroyi böylab esdan çiqmaydigan sayohat taklif qiladi: Udaypur şahridagi Köldagi saroy, Jodxpurdagi Umayd-Bxavan va Jaypurdagi Rambax saroylari. Sayohat har bir saroyda uçta tunni ötkaziş va ularda körsatiladigan xizmatlardan foydalanişni öz içiga oladi. “Qal'a qiroli” (The King of the Castle) nomli sayohat paketi istovçilarga 1 670 200 dollarga qirol yotoqxonasida tunaş imkonini taqdim etadi.

Aman Resorts ning barça mehmonxonalarida dam oliş

Aman guruhi dunyodagi eng noyob mehmonxonalarga egalik qiladi (ulardan biri suratda Aman Tokyo). Har birida navbatma-navbat hordiq çiqarişingiz mumkin. Buning uçun esa “Aman da bir yil” paketini sotib olsangiz bas. Jami bölib 31 ta mehmonxona mavjud, paket ularning har birida 12 ta tunni ötkaziş imkonini beradi. Biroq mijozlar grafikni özlariga moslaştirib olişlari mumkin. Şuning uçun Butandagi ibodatxonalarni tomoşa qilib ötkaziş istagida bölsangiz, bir kişi uçun 286 000 dollarni taşkil qiladigan “Aman da bir yil” paketini sotib olişning özi kifoya.

Super yulduz kabi çanğida uçing

Köplab toğ çanğisi dam oliş maskanlari narxi million bölgan haşamatli joyda dam olişni taklif etadi. Şuning uçun bunday Alp uyini bir haftaga ijaraga oliş qimmat turişi ajablanarli hol emas. Gştaadda joylaşgan Lotti maskani özining kinoteatri va saunasiga ega. Bu yerda şaxsiy haydovçi va oşpaz xizmatingizda böladi. Oberlaxdagi (suratdagi) Avstriya N maskanida bularning bari mavjud, biroq qimmat. Lottidagi hordiq uçun haftasiga 55 000 dollar tölaysiz, N maskanida esa bu haftasiga 232 900 dollarga tuşadi.

Kovboylar şahrini ijaraga oling

Bir kuni Butç Kessidi Kolorado ştatidagi Danton Xot-Springs konçilar şahriga taşrif buyurdi va u yerda öz nomi bilan barda yozuv qoldirdi. Bugun maşhur imzoning haqiqiyligini tekşirib körişingiz mumkin, şuningdek, tabiiy buloq suvlar, yoğoçdan işlangan kottejlarni tomoşa qiliş imkoniyatiga ega bölasiz.

Yerning bir burçagida bölib qayting

Janubiy qutbni köriş imkoniyatini qöldan boy bermaslik uçun Antarktidaga Whichaway Camp böylab sayohatga otlaning. Ekspeditsiya Keyptaunda boşlanadi, u yerdan qutbçi-ekspertlar sizni butun janubiy qit'a böylab sayohatga boşlaydilar. Mazkur oromgoh bor-yöği oltita maskanga ega, sayohatlar yilda 3 marta böladi, noyabr va dekabr oylarida. Bunday 9 kunlik sayohat sizga 71 000 dollarga tuşadi.

Tinç okean janubiy qismidagi orolni ijaraga oling...

Red Bull brendiga egalik qiluvçi magnat Fidjidagi haşamatli Laukalning ham egasi sanaladi, u yerga faqat şaxsiy samolyotda taşrif buyuriş mumkin. Bu eksklyuziv hordiq ekologik hayot tarzini xuş köruvçilarga juda yoqadi. Bu yerda göşt import qilinmaydi, köplab mahsulotlar şaxsiy işlab çiqariş orqali yetiştiriladi, hatto mineral suv ham tayyorlanadi. 72 mehmon uçun eksklyuziv ijara haftasiga 1 068 790 dollarni taşkil qiladi.

... yoki Karib basseynidagi orolga taşrif buyuring

Közboylağiç Devid Kopperfild Bagamdagi ijaraga olsa böladigan Muşa Key orollari seriyaisga egalik qiladi. Qumli qirğoqlar, plyajdagi uylar qadimiy Gudini stolida bilyard öynaş imkoniyati. 12 kişidan iborat guruh uçun yetti keçani bu yerda ötkaziş narxi 402 000 dollar turadi. Qöşimça haq evaziga 24 ta mehmonni joylaştirsa ham böladi.

Million dollarlik safari

Narx juda hayratlanarli bölişi mumkin, biroq keling, hisoblab çiqamiz. Natural World Safaris tomonidan uyuştiriladigan sayohat 111 kun davom etadi v 12 mamlakatni qamrab oladi, u hayvonot olamidagi noyob va yöqolib borayotgan 18 ta jonzotni köriş imkoniyatini yaratib beradi. Qiymatning 100 000 dollari esa ularni saqlab qoliş uçun fondga yuboriladi. Siz Keniyada vertolyot oynalaridan oq karkidonni kuzatiş imkoniga ega bölasiz, Hindistonda yölbarslarni qidirişga otlanasiz, Arktikada qutb ayiqlarini tomoşa qilib, Galapagos orollaridagi ulkan toşbaqalar bilan tanişasiz.

Jyeyms Bondga aylaning

Como kompaniyasi unutilmas dam oliş kunlarini taqdim etadi. Mehmonlar şaxsiy samolyotda Karib dengizidagi şaxsiy sport zali, kinoteatriga ega bölgan 50 metrli yaxtaga olib kelinadi, 5 kunli kruiz va keyingi bir neça kun mobaynida Perrot-Key orolidagi Donn Karanning uyida eksklyuziv dam oliş imkoniyati mavjud. Bunday betakror sayohat 10 kun uçun bir juftlikka 494 000 dollarga aylanadi.

Şaxsiy samolyotda turib, dunyoning barça mö'jizalaridan bahramand böling

Şaxsiy samolyotingizda 28 kun davomida butun dunyo böylab sayohatga otlanasiz. Yönaliş maşhur joylar Perudagi Maçu-Pikçudan boşlab, tilsimga ega bölgan toş haykallar oroli Pasxa, Sidney opera teatridan Istambuldagi Muqaddas Sofiya Sobori böylab davom etadi. 28 kunlik havodagi mazkur sayohat har bir kişi uçun 108 500 dollarga aylanadi.

Döstlaringizni lol qoldiring. Mazkur ma'lumotni ularga ham ulaşing