Osiyo taraqqiyot banki mamlakatdagi investitsion muhitni qöllab-quvvatlaş maqsadida Tojikistonga 60 mln dollar miqdorida moddiy yordam ajratadi. Bu haqda bank tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.
“Osiyo taraqqiyot banki Tojikistonda iqtisodiy manfaatli imkoniyatlarni kengaytiriş, xususiy sektorni rivojlantiriş va investitsiyalar jalb qilişga yönaltirilgan dasturning birinçi fazasi doirasida 60 mln AQŞ dollari miqdorida byudjyet yordamini ma'qulladi”, - deyiladi xabarnomada.
Ta'kidlanişiça, OTB hukumat tomonidan biznesni rivojlantiriş maqsadida struktur islohotlarning ötkazilişini qöllab-quvvatlaş maqsadida moddiy yordam ajratişga qaror qilgan.






