Qoraqalpoğistonlik erkak ma'şuqasining pullari va taqinçoqlarini öğirlab ketdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.

1973 yili Qoraqalpoğistonda tuğilgan Zoir Abdurahmonov muqaddam sudlangan va rözğoridan ajraşgan edi. U Toşkentning Yaşnobod tumaniga taşrif buyurib, bu yerda Tamara Çursina ismli ayol bilan yaşay boşlagan.

Çursina Xitoydagi safari çoğida Tyan ismli erkakka turmuşga çiqqan, ammo ajraşib ketgan edi. Ammo oralarida farzand bölgani bois xitoylik erkak unga pul jönatib turgan. Mana şu pullardan yiğib, ayol 20 ming dollar töplab qöygan edi.

Bir kuni u qandaydir sabab bilan pullarni bankdagi hisobidan yeçib olgan. Öşa kuni uyda ziyofat uyuştirilib, köplab mehmonlar taşrif buyurgan, Çursina mast bölib, uxlab qolgan. Vaziyatdan foydalanib, Abdurahmonov pullarni öğirlab qoçib ketgan. Biroz muddat ötgaç, u qaytib kelgan va ayolni aldab, pullarni qaytarişni va'da qilib, yaraşib olgan.

Ammo bir neça oydan söng öğirlik takrorlangan. Çursina Xitoyga ketiş oldidan har ehtimolga qarşi tilla buyumlarini yaşirib ketgan. Qaytganida esa Abdurahmonov seyfni buzib, 47 mln sömlik 53 xildagi taqinçoqlarni öğirlab yana ğoyib bölganini bilgan.
Çursina tezda tegişli idoralarga xabar bergan. Abdurahmonov qölga olinib, pullar va moddiy qimmatliklar egasiga qaytarilgan. Iş sudga oşirilgan.