Afğoniston razvedka xizmatining yetakçi namoyondalaridan biri, milliy xavfsizlik xizmati rahbari Rahmatulla Nabilya iste'foga çiqqanini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Uning sözlariga köra, bu qaror u va mamlakat prezidenti Aşraf Ğani örtasida yuzaga kelgan tuşunmovçilik bilan boğliq.
Qayd etilişiça, uning iste'foga çiqişi haqidagi xabar Qandahordagi aeroportga tolibonlar hujum qilişi bilan bir vaqtda sodir böldi.
Bundan oldinroq, Afğonistonning Qandahor viloyatida “Tolibon” ekstremistik harakati jangarilarining aeroportga uyuştirgan hujumi oqibatida halok bölganlar soni 50 kişiga yetgan0i, yana 37 kişi yaralangani haqida xabar berilgandi.






