Meksikalik narkobaron, El Çapo (Pakana) laqabi bilan maşhur Xoakin Gusman IŞID terrorçi guruhi yetakçisi Abu Bakr al-Bağdodiyga elektron poçta orqali maktub jönatdi. Unda narkobaron jangarilarga uning “moli” partiyasi yöq qilingani uçun tahdid solgan. Bu haqda Sick Chirpse internet portali xabar bermoqda.
Ayni kunlarda qidiruvda bölgan “Sinaloa” karteli rahbari IŞIDning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirgan. Öz maktubida u terrorçilarning kartelning Yaqin Şarqdagi biznesiga aralaşişga bölgan urinişlarini jiddiy xato deb baholagan.
El Çapo uning odamlari IŞIDdan “qarz uzib qöyişlari”ni va, agarda jangarilar yana narkooperatsiyalarga aralaşsa, ularni yöq qilişini aytib ogohlantirgan.
El Çapo şu yilning 12 iyul kuni Meksika qamoğidan qoçib ketdi. Uni olib çiqiş uçun 10 m çuqurlikda 1.5 km li tunnel qazilgani aniqlandi. 14 iyul kuni Meksika hukumati El Çaponi uşlaşga yordam beradigan ma'lumotlarni yetkazgan odamga 4 mln dollar mukofot e'lon qildi.






