Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxuning iti mamlakat siyosiy elitasining ikki vakilini tişlab oldi. Har ikki jabrlangan ham 9 dekabr kuni boş vazirning Quddusdagi qarorgohiga bayram munosabati bilan şam yoqiş marosimiga taklif etilgan edi, deya xabar bermoqda The Times of Israel.
Kayya laqabli jonivor avvallari tajovuzkorligi bilan ajralib turmagan edi. Biroq Kneset (Isroil parlamenti) a'zosi — Şaron Xaskel va advokat Ora Alonaga taşlandi.
Kuçuk u bilan öynamoqçi bölgan deputat va advokatning qölidan tişlab olgan. Jabrlanganlarga rezidensiyada navbatçilik qilayotgan şifokorlar tez tibbiy yordam körsatişgan. Jarohat olganlar marosimni tark etişmagan.
Netanyaxu oilasi ön yoşli Kayyani 2015 yil iyul oyida boqib olişgan edi. Boş vazirning öğli Avner uni yopilişi kutilayotgan jonivorlar uçun boşpanadan tanlab olgan.






