Belboğli kuraş böyiça Özbekiston terma jamoasi joriy yilning 10-13 dekabr kunlarida Rossiya Fedaratsiyasining Orenburg şahrida bölib ötadigan jahon kubogida iştirok etiş uçun jönab ketdi.

Xalqaro belboğli kuraş federatsiyasi taqvim-rejasiga muvofiq ötkazilayotgan mazkur nufuzli musobaqada özbekistonlik 20 nafar sportçi bilan birga özbekistonlik 2 nafar xalqaro toifadagi hakam ham iştirok etadi.

"Sportçilarimiz bu yil ulkan yutuqlarni qölga kiritdi. Joriy yilning söngi musobaqasi hisoblangan mazkur jahon kubogida ham yuqori natijalarga erişamiz, degan umiddamiz", — deydi Özbekiston Belboğli kuraş federatsiyasi raisi R. Dastirov.