Yevropa çempionlar ligasi guruh bosqiçida Ye guruhidan örin olgan "Roma" jamoasi 18 imkoniyatdan 6 oçko töplagan holda ikkinçi örinni qölga kiritdi. Guruhning yana bir vakili "Bayyer" ham sönggi turda "Barselona" bilan durang öynab, oçkolari sonini 6taga yetkazdi.

6 turdan keyin "Roma"da töplar nisbati 11-16, "Bayyer"da esa 13-12 böldi. Ya'ni, germaniyaliklarda yaxşiroq.

Lekin ayni vaqtdagi qoidalarga köra, guruhda ikki jamoa oçkolari teng bölib qolganida, töplar nisbatiga emas, özaro öyinlardagi natijalar hisobga olinadi. "Roma" va "Bayyer" örtasidagi özaro öyinlarda rimliklar yaxşiroq natija (1ta ğalaba va 1ta durang) qayd etgani uçun ular pley-offga yöl olişdi.

Jamoalarning Germaniyada ötkazilgan birinçi öyinida 4:4 hisobi qayd etilgandi. Rimda keçgan uçraşuv esa "Roma"ning ğalabasi bilan tugagan.

Şu tariqa, "Roma" oxirgi turda BATEni yenga olmasa ham (0:0), guruhdan çiqdi. Bu orqali rimliklar ötgan mavsumda "Zenit" qayd etgan antirekordni takrorladi. Villaş-Boaş boşqaruvidagi sankt-peterburgliklar ham ötgan mavsumda minimal oçkolar bilan YeÇLning bahorgi öyinlariga yöl olişgandi.