Maurisio Makri rasmiy ravişda Argentina prezidentligi lavozimiga tayinlandi. U deputatlar va senatorlardan iborat kongressda, şuningdek, Senat vakili, mamlakatni vaqtinçalik idora qilib turgan Federiko Pinedo qarşisida qasamyod qildi.
Mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşner marosimda iştirok etmadi.
Kongressda, şuningdek, sobiq prezidentga qaraşli bölgan “Ğalaba fronti” alyansining deputat va senatorlari ham iştirok etmagan.
Yangi prezident Pinedodan prezidentlik belgisi va tasmasini qabul qilib oladi. Marosimda Çili, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay, Braziliya va Serbiya davlatlarining prezidentlari iştirok etişi kutilmoqda.






