Özbekiston issiqlik elektrostansiyalariga umumiy quvvati 1970 MVt bölgan yangi par-gaz uskunalarini işga tuşiriş orqali yiliga qariyb 1,5 milliard kub miqdoridagi yonilğini tejaşni rejalaştirmoqda, deya xabar qildi Sputnik agentligi "Özbekenergo"dagi axborot manbasi ma'lumotiga tayangan holda.

Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, yangi par-gaz qurilmalari Tolimarjon, Toşkent, Taxiatoş, Navoiy IESlariga örnatiladi. Mazkur zamonaviy uskunalar yuqori texnik-iqtisodiy körsatkiçlarga ega bölib, ularning har biri yiliga 360 million kub yonilğini iqtisod qiladi.

“Mazkur yönalişda faoliyat körsatib turgan elektrostansiyalarda keng miqyosli modernizatsiya va rekonstruksiya işlarini olib borib, elektr tarmoqlari, qöşimça elektr stansiyalari (podstansiya) va yangi quvvat işlab çiqaruvçilari barpo etiladi”, - dedi taşkilot vakili.

Bundan taşqari, mutaxassisning aytişiça, 2020 yilga qadar “Özbekenergo” mavjud 15ta gidrostansiyada ham modernizatsiya va rekonstruksiya işlarini olib borişni rejalaştirmoqda.
2020 yilga qadar qabul qilinadigan yillik investitsion dasturlarda umumiy qiymati 8,9 milliard dollarni taşkil etuvçi 33ta investitsion loyiha amalga oşiriladi.