Qozoğistonlik davlat va jamoat arbobi, Qozoğiston mehnat qahramoni, xalq yozuvçisi, filolog, Ijtimoiy fanlar akademiyasi akademigi, al-Forobiy nomli Qozoq milliy universiteti va L. Gumilyov nomli Yevrosiyo davlat universiteti faxriy professori Abiş Kekilbayev olamdan ötdi.

Abiş Kekilbayev 1939 yilning 6 dekabrida Manğişloq viloyatining Öngdi qişloğida dunyoga keldi. 1962 yili Qozoq davlat universitetining Filologiya fakultetini tamomladi. Şundan söng turli davlat taşkilotlarida işlab keldi. Qator gazetalarda mas'ul lavozimlarni egallab keldi.
Oliy Kengaş deputatligiga ikki marta saylandi. 1995 yilga qadar Oliy Kengaşga raislik qildi, söng Qozoğiston prezidentining davlat maslahatçisi sifatida faoliyat olib bora boşladi.

Umri davomida köplab asarlar yaratiş bilan birga, qozoq tiliga jahon adabiyotining qator mumtoz namunalarini ögirdi. Qozoğiston mehnat qahramoni.