RT telekanali özining 10 yillik yubileyi munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “Kreml propagandasi” qanday işlaydi, yoxud Simonyan, ayiq va qunduz şarbati” nomli videorolik namoyiş etib berdi. Video hozirlikda YouTube videoservisiga joylaştirilgan.
Rolik telekanal tahririyatining işiga bağişlangan. Unda Rossiya televideniyesining işlaşi haqida yevropalik opponentlarning da'volari parodik tarzida körsatib berilgan.
Syujyetga köra, RT boş muharriri Margarita Simonyan paxta çakmon (vatnik), quloqçin va kalişda kanal işçilariga topşiriqlar berib boradi va biryöla kanalning işlaşini tomoşabinlarga körsatadi.
Birinçi kadrda u jomadon içidan dollar taxlamlarini çiqarib, Mixail laqabli ayiqqa beradi va videorolik buyurtma qiladi. Keyingi kadrda esa telekanal byudjyeti keltirilgan yuk maşinasidan çiqadi.
“Ilgari beşta fura ham olib kelişardi, hozir esa inqiroz, bu safar yo bitta, yo ikkita olib kelişibdi. Heç qisi yöq, yetadi. Biz tejamkormiz”, - deydi boş muharrir.
RT binosida u yerga tökilib ketgan qunduz şarbati idişiga duç keladi, söng töğridan-töğri Kremldan körsatma oladigan “tozalaş bölimi”ga kiradi.
Söng Simonyan bir yölak böylab yurib, Suriya, Donbass, Yaman va boşqa qaynoq nuqtalar böyiça sahnalar suratga olinadigan pavilonlarni körsatadi. Keyin esa yertölaga tuşib, kanalda işlayotgan çet elliklarga “Makdonalds”dan xarid qilingan ovqatdan beradi.
Ekskursiya yakunida Simonyan xonim yangiliklar studiyasini taniştiradi. Uning işini töpponça bilan qurollangan rossiyalik harbiy nazorat qilmoqda, teleboşlovçi esa stulga kişanlab qöyilgan.
“Siz buni şunaqa tasavvur qilgandingizmi? Töppa-töğri, biz aynan şunday işlaymiz”, - xulosa qiladi boş muharrir montaj kabinetida. Video oxirida Vladimir Putin uşbu rolikni körayotgani namoyiş etilgan.
Syujyet prezidentga 10 dekabr kuni, telekanalning 10 yilligi munosabati bilan körsatilgan. Davlat rahbari kanal işçilarini tabriklaş uçun “Novyy Manej” körgazma majmuasiga taşrif buyurgan edi.






