Aşxobodda BMT Boş assambleyasi tomonidan Turkmanistonning doimiy betaraflik maqomi tan olinganining 20 yilligiga bağişlangan “Betaraflik siyosati: tinçlik, xavfsizlik va taraqqiyot yölida xalqaro hamkorlik” mavzuida xalqaro konferensiya bölib ötmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan mazkur tadbirda iştirok etiş uçun 11 dekabr kuni Aşxobod şahriga keldi.

12news.uz yangiliklar agentligi muxbiri Şuhrat Oripovning Kun.uz cayti tahririyatiga xabar berişiça, xalqaro konferensiya işida qator davlatlar yetakçilari, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning vakillari iştirok etişi közda tutilgan.

Mazkur xalqaro tadbirni 100 yaqin xorijlik jurnalist voqea joyidan yoritib bormoqda. Ma'lum bölişiça, bugun Aşxobodda xalqaro konferensiyadan taşqari madaniyat va san'at ustalarining konsert dasturi ham bölib ötadi.

1995 yil 12 dekabrda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasi tomonidan “Turkmanistonning doimiy neytraliteti” deb nomlangan 50/80 raqamli Rezolyutsiya qabul qilingan edi va bu huquqiy hujjat jahonning 185 ta davlati tomonidan qöllab-quvvatlangan.

Betaraflik (neytralitet) lotinça “neuter” sözidan olingan bölib, “u tomon ham, bu tomon ham emas” degan ma'noni bildiradi. Xalqaro huquqda betaraf deb uruşlarda iştirok etmaydigan, tinçlik vaqtida esa harbiy bloklar faoliyatida qatnaşmaydigan mamlakatlarga aytiladi. Bugungi kunda jahondagi 8 ta mamlakat – Avstriya, Irlandiya, Kosta-Rika, Lixtenşteyn, Malta, Şveytsariya, Şvetsiya va Turkmaniston betaraflik maqomiga ega.

Turkman betarafligining öziga xos jihatlaridan biri şundaki, dunyodagi özini betaraf deb e'lon qilgan boşqa davlatlardan farqli ravişda faqat Turkmanistongina bunday huquqiy maqomga BMT Boş assambleyasi Rezolyutsiyasiga asosan erişgan. Şuni ham ta'kidlaş joizki, BMT tomonidan betaraflikning qöllab-quvvatlanişi uşbu xalqaro tuzilmaning yarim asrdan ortiq vaqt mobaynidagi faoliyati tarixidagi kamyob hodisalardan biri hisoblanadi.