Ispaniyalik rassom David Kata öz tanasiga tarjimai holini bitadi — hayotida muhim örin tutgan insonlar: qarindoşlari, yaqinlari, ustozlari, xullas, unga ta'sir ötkazgan kişilar suratlarini çizadi.
Ulkan (100 000 kvadrat metrdan oşiq) lend-art-obekt bölgan “Sahro nafasi” Sahroi Kabirda joylaşgan. “D.A.ST.Arteam” jamoasi 8000 kub metr qumdan konuslar barpo etişgan, ularning markazida esa diametri 30 metrli suv havzasi bor. “Sahro nafasi”, ayniqsa, yuqoridan qaraganda çiroyli körinadi.

Frantsuz fotografi Zakari Godriyo-Rua arxitekturani yupqa bölaklarga böladi. Binolardan ikki ölçamli yuza qoladi.

Vest-Indiya orollari sohilida haykaltaroş Jyeyson de Kleyrs Teylor “MUSA” (Museo Subacuatico de Arte) deb nomlanuvçi suvosti badiiy muzeyini oçdi. Suv ostida uning ijodiga mansub 500 dan ortiq haykal joylaşgan.

Kaliforniyadagi “Coachella” festivali iştirokçilarini balandligi 11 metrli fazogir kutib oldi. “Poetic Kinetic Inc.” kompaniyasi mahsuli bölgan bu fazogir harakatlana oladi.

Frantsuz haykaltaroşi Polo Granjon 2008 yildan buyon pape-maşedan tayyorlangan 1600 ta panda tasvirini olib yuradi va turli yodgorliklar oldida ularni suratga oladi. U 20 dan ortiq mamlakatga sayohat qilgan. 1600 raqami bejiz emas, dunyoda hozirda şunça dona panda qolgan.

“Redball Project” — nyu-yorklik rassom Kurte Perşkening “Qizil şar” deb nomlangan loyihasi 2001 yildan beri dunyo böylab sayohatda. Diametri beş metr bölgan puflama töp Abu-Dabi va Barselonada, Taybey va Torontoda, Sidney va Parijda bölgan.

Britaniyalik haykaltaroş Robin Vaytning sevimli mavzusi qizlar va momaqaymoqlardir. U pölat simlardan tayyorlagan asarlarida aynan şu ikki mavzuni kötarib çiqadi. Uning bir neçta asari Buyuk Britaniyadagi “Trentham Gardens” parkidan joy olgan.

Şveytsariyalik aka-uka Frank va Patrik Riklin butun dalani laxtaklardan tayyorlangan ulkan çoyşabga aylantirişmoqçi. “BIGNIK” deb nomlanuvçi bu loyihada mahalliy aholi qatnaşmoqda: ular uylaridagi soçiq, dasturxon, yopinçiq va şu kabi matolarni aka-ukalarga berişmoqda. Bu suratda loyihaning 4 foizi tayyor bölgan holati aks etgan.

Yaponiyalik rassom Makoto Adzuma fazoga guldasta va bonsay köçatini uçirdi. Söngra esa bu ösimliklarning suratini oldi. Buning uçun rassom “JP Aerospace” kompaniyasi bilan hamkorlikda stratosferaga geliy töldirilgan şarlar yordamida ösimliklar va fototexnikani uçirdi.

Londondagi Tauer jarligini 888 246 dona qirmizi rangdagi keramik qizğaldoqlar töldirdi. Rassom keramist Pol Kamminsning “Blood Swept Lands and Seas of Red” deb nomlangan bu loyihasi Birinçi jahon uruşi boşlanganligining yuz yilligiga bağişlandi. 888 246 — aynan şunça nafar britaniyalik askarlar uruşdan qaytmagan.

Tonop (Nevada)da Jon Gerrard 10 000 ta közgudan iborat haykal barpo etdi. Ularda aks etgan quyoş nuri quyoş energiyasini elektrga aylantiruvçi termal batareya minorasi uçiga yönaltiriladi.

Katarina Grosse temir yöli böylab çözilgan daraxtlar, butalar, taşlandiq binolarni turli ranglarga böyab Filadelfiya manzarasini ifodalaydi. Bu asarni poyezdda ketayotganda tomoşa qilgan ma'qul.

Frenk Geri loyihasi asosida Parijdagi Bulon örmonida olti yil davomida qurilişi olib borilgan “Louis Vuitton” jamğarmasining binosi foydalanişga topşirildi. Içkarida 350 kişiga möljallangan auditoriya, kitob magazini, restoran va boşqa köplab majmualar bor.

Vengriyalik haykaltaroş Gabor Mikloş Seke Budapeştda ulkan burgut haykalini yasadi. Qanotlarining uzunligi 16 metr, balandligi 8 metr, oğirligi 15 tonna bölgan bu quş 15000 ta pölat prizmalardan iborat.

Manba: xabardor.uz






