Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğon turk qöşinlari Iroqning IŞID jangarilari nazorati ostida bölgan Mosul şahri yaqinidan olib çiqilmasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Prezident sözlariga köra, turk askarlari şaharga kurd otryadlarini tayyorlayotgan harbiylarni himoya qiliş maqsadida yuborilgan.
Uning qayd etişiça, Turkiya öquv maşğulotlarini davom ettirmoqçi.
Bundan avvalroq esa Turkiya boş vaziri Ahmad Dovudöğli IŞID jangarilari tomonidan xavf darajasi ortişi mumkinligi haqidagi xabardan söng turk harbiylari Iroqqa kiritilganini ma'lum qilgan edi.






