2016 yili Fransiya maydonlarida ötkaziladigan Yevropa çempionatining umumiy sovrin jamğarmasi 301 millionni taşkil etadi, ğolib esa şundan 27 millioniga ega böladi. Bu haqda 11 dekabr kuni ötkazilgan matbuot anjumani vaqtida UYeFA boş kotibi Janni Infantino ma'lum qildi.
Uning bildirişiça, turnirda iştirok etişning özi uçun har bir terma jamoaga 8 million yevrodan beriladi. Turnirdagi har bir ğalabali öyinga 1 million yevrodan, durang uçun esa 500 ming yevrodan taqdim etiladi.
Pley-off bosqiçidagi natijalar uçun alohida bonuslar ajratilmagan. Buning örniga nimçorak finaldagi iştirok uçun 1,5 mln, çorak finalçilarga esa 2,5 mln yevrodan mablağ beriladi. Yarimfinalçilar 4 mln yevrodan olişadi. 10 iyul kuni Parijdagi "Stad de Frans" öyingohidagi finalni yutgan terma jamoaga esa 8 mln, yutqazgan finalçiga esa 5 mln yevro berilişi közda tutilgan.
Qayd etiş kerakki, turnirda bu safar iştirokçi jamoalar soni 16tadan 24tagaça oşirilgan. 2012 yilda turnirning mukofot jamğarmasi 198 million yevro bölgandi.






