Kun.uz saytiga muxbir xabari jönatildi. Unda Qaşqadaryo viloyati aholisining neft va neft mahsulotlariga bölgan talabi qay tariqa qondirilayotgani töğrisida ma'lum qilinadi.

Özbekistonning iqtisodiy salohiyati tobora yuksalib bormoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni modernizatsiyalaş va diversifikatsiyalaş, zamonaviy biznes infratuzilmasini rivojlantiriş borasida ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Yurtimizdagi makroiqtisodiy barqarorlik va qulay sarmoyaviy muhit ta'sirida eng rivojlangan davlatlar, nufuzli moliya muassasalari mamlakatimiz bilan hamkorlik qilmoqda. Iqtisodiyotimizning yetakçi tarmoqlaridan biri neft va gaz sanoatida ham keyingi yillarda olib borilayotgan islohotlar bugun öz samarasini bermoqda. Mustaqillik yillarida aholining neft va neft mahsulotlariga bölgan talabini qondiriş maqsadida bir qator korxonalar taşkil etildi. Şulardan biri “Qarşi neft bazasi” unitar korxonasi bölib, mazkur korxona ayni paytda Qaşqadaryo viloyatning Nişon, Kasbi, Mirişkor, Muborak, Qarşi, Koson, Çiroqçi tumanlariga hamda Qarşi şahridagi xöjalik yurituvçi sub'yektlarga xizmat körsatib kelmoqda.

Korxona tomonidan joriy yilda 60 ming tonna neft mahsulotlari realizatsiya qilingan bölsa, şundan 15 ming tonnaga yaqini avtobenzin, 40 ming 500 tonna dizel yoqilğisi, 4 ming 600 tonna har-xil turdagi neft mahsulotlari iste'molçilarga yetkazib berildi. Birgina avtobenzinning 11 ming tonnaga yaqini xususiy yoqilği qöyiş şoxobçalariga tarqatildi. Işlab çiqariş korxonalariga hamda byudjyet taşkilotlariga 3 ming 600 tonnaga yaqin avtobenzin yetkazib berilgan bölsa, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga 33 ming 700 tonna, xalq xöjaligining boşqa tarmoqlariga 6 ming 200 tonna, xususiy yoqilği qöyiş şoxobçalariga 600 tonna dizel yoqilğisi yetkazib berildi. Korxona tomonidan sotilgan neft mahsulotlarining umumiy qiymati 159 milliard sömni taşkil etmoqda. Olingan foyda esa, 8 milliard 100 million sömni taşkil etmoqda. Bu orqali korxona davlat byudjyetiga 6 milliard 600 million sömlik soliq tuşumini amlaga oşirdi. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 23 iyuldagi “Qarşi şahrini kelajakda qayta quriş rejasi va zamonaviy yöl-transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş dasturi töğrisida”gi qarori asosida olib borilayotgan keng kölamdagi bunyodkorlik işlarida “Qarşi neft bazasi” unitar korxonasi faol iştirok etib kelmoqda.

Jumladan, Qarşi şahridagi “Çap qirğoq” kanali atrofida barpo etilayotgan sayilgoh qurilişida korxona tomonidan salmoqli quriliş işlari amalga oşirildi. Ayni paytda 730 nafar xodim mehnat qilayotgan uşbu jamoada işçi-xodimlarning ijtimoiy muhofaza qilişga ham alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Çunonçi, işçi-xodimlarning soğliklarini tiklaş va mazmunli hordiq çiqarişlari uçun joriy yil hisobida 8,2 million sömlik mablağ ajratilgan bölsa, sanatoriy va dam oliş uylariga 75 milliion sömlik yöllanmalar olib berildi. Şu bilan birgalikda, korxonada faoliyat yuritayotgan 3 nafar xodimga namunaviy tartibda qurilgan uy-joylar olib berildi va ular uçun tölanadigan dastlabki 25 foizlik 150 million söm korxona tomonidan tölab berildi.