Namangan tumani hokimi Pop tumani hokimi etib tayinlandi.

10 dekabr kuni xalq deputatlari Pop tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. 

Unda Namangan viloyat hokimi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Xayrullo Bozorov iştirok etdi va ma'ruza qildi.

Sessiya işida taşkiliy masala körildi. Tuman hokimi Bohodir Rahmonov lavozimidan ozod etildi.

Şu kunga qadar Namangan tumani hokimi lavozimida faoliyat körsatib kelayotgan Javlonbek Yöldoşev Pop tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati xabar qildi.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyat hokimligida xalq deputatlari Namangan viloyati kengaşining 6-sessiyasi bölib ötgan, unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov iştirok etib, viloyatga yangi hokim tayinlagandi.