Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Pravin Gordxenni moliya vaziri lavozimiga tayinladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanişiça, Gordxen bir hafta içida JARda tayinlangan ikkinçi moliya vaziri böldi.

9 dekabrda moliya vaziri Nlanla Nene kutilmaganda öz lavozimidan böşatilgandan keyin, uning örnini kam taniqli siyosatçi Devid van Rouin bor-yöği 4 kungina egalladi.

Gordxen bu lavozimni avval ham, ya'ni 2009-2014 yillar davomida egallagan. U yangi lavozimda 14 dekabrdan öz vazifalarini rasman bajarişni boşlaydi.