Mazkur maqolada Suriyaning Damaşq şahrida istiqomat qiluvçi bloger va MTN Syria’da keng polosali mahsulot va raqamli OAV menejyeri Mahmud al-Muftiyning ayni kunlarda Suriyada bölayotgan voqealardan ta'sirlanib, ğazablanib va hissiyotlari junbuşga kelgan holda bildirgan fikrlari keltirilgan.

“Suriyalik Mahmud al-Muftiy uruş ketayotgan mamlakatda yaşamoqda. Dunyo boşida bölgani singari ahmoqlaşib bormoqda.

Suriyaning Damaşq şahrida hozirgaça yaşab kelayotgan suriyalik sifatida 12 noyabr kuni Bayrut şahrida bölgan voqea haqida, keyin esa 13 noyabr kuni muhabbat şahri Parij töğrisidagi undanda yomonroq xabarni eşitdim.

Uşbu xabarlarni öz sevgan insonlaridan ajralganlar uçun, katta uruşning Suriya öyin maydonida köproq öyinçilar bilan yanada ulkanlaşişi kabi yangi qörquvlar qorişmasi, oğriq, açiniş va tuşukunlik kayfiyatida qabul qildim.

Qörquvim Afğoniston va Iroqda körganlarim va guvoh bölganlarimdan taşkil topgan.

Mazkur holatlarning har ikkisi ham biznikiga öxşaş va unda "Al-Qoida" ham yöq qilinmadi, bu vaziyat uruşga barham beriş bilan ham yakunlanmadi (ular haligaça uni yakunlaganlari yöq). Har ikkala holatda ham nima yöq qilindi? Har ikkala mamlakat.

Keyin esa taşqarida yaxşiroq hayot izlayotgan, ğarbliklar ularga inson sifatida emas, balki tahdid sifatida qarayotgan, biroq bor-yöği yangi va yaxşiroq hayot, umid izlayotgan hamda yangi zarbalarga duç kelayotgan suriyalik qoçoqlar töğrisida öyladim.

Özimga kelsak, men boşqalar kabi içkarida umidsiz va ilojsizman.

SURIYaLIKLAR YaXŞI ODAMLAR. MeNING MAMLAKATIM DUNYoDAGI ENG GÖZAL MAMLAKATLARDAN BIRI. UŞBU MAMLAKAT VA UNING AHOLISI YaXŞISIGA LOYIQ.

Suriya bilan boğliq sahnani Samuel Bekketning “Godoni kutiş” asariga öxşaş deb öyladim.

Uning barça qahramonlari şu yerda.

Biz hammamiz noma'lum Godoni kutyapmiz. Biz uning kimligi yoki vaziyatni özgartiriş uçun nima qilişini bilmaymiz, biroq uni mana beş yildirki, kutişda davom etyapmiz.

Çunki kutişdan özga çora yöq.