Özbekistonda bojxonaçilarga deklaratsiyada ular haqidagi zarur ma'lumotlar mavjud bölmagan taqdirda xalqaro jönatmalarni oçib köriş huquqi berildi.
Xalqaro jönatmalar va kurerlik jönatmalarini tekşiriş böyiça yangi qaror Davlat bojxona qömitasi tomonidan qabul qilindi.
Tekşiriş ötkaziş huquqi quyidagi holatlarga taalluqli böladi:
xalqaro poçta jönatmalari – manzilli yozma xabarlar, posilkalar va qadoqlangan bosma naşrlar;
Xalqaro kurerlik jönatmalari – poçta kartoçkalari, xat, banderollar, posilkalar, bosma naşrlar, qisqa muddatda qöldan qölga yetkazilişi lozim bölgan yozişmalar.
Xorijdan kirib kelayotgan mazkur jönatmalar bojxona nazorat zonasiga yetkaziladi. Ularni transport taşkilotlari vakillariga topşiriş va ulardan jönatmalarni poçta aloqasi operatorlari va provayderlariga yetkaziş bojxona organining mas'ul şaxslari iştirokida amalga oşiraladi.
Jisoniy şaxs, poçta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona organlariga har bir mahsulotning qabul qiluvçisi, nomlanişi, vazni, soni va qiymati haqidagi ma'lumotlarni öz içiga olgan CN22, CN23 deklaratsiyalarini taqdim etişlari şart.
Körsatib ötilgan hujjatlar elektron körinişda ham bölişi mumkin.
Agarda jönatmalar bojxona nazoratining maxsus texnik vositalari körigi jarayonida CN22, CN23 bojxona deklaratsiyalarida körsatilmagani aniqlansa, bojxona organining mas'ul xodimi ularni oçib körsatişni talab qiliş huquqiga ega. Mazkur tekşiruv maxsus ajratilgan va jihozlangan binolarda ötkaziladi.
Bunda qiymati 1000 AQŞ dollarigaça bölgan mahsulotlar onlayn-dökonlar orqali maxsus deklaratsiyasiz poçta aloqasi xizmatini körsatiş qoidalariga muvofiq tarzda eksport qilinişi mumkin, deya yozmoqda norma.uz.






