Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari Sinayda halokatga uçragan A321 laynerining bortida örnatilgan portlovçi modda turini aniqladi. Bu haqda “Kommersant'” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilişiça, idora ekspertlari kiçik hajmli plastitli bomba haqida gapirmoqda. Ularning fikriça, bomba salon orqasidagi örindiqlardan birining ostiga öng bort böylab örnatilgan. Aynan şu portlaş tufayli bir metrli tirqiş yuzaga kelib, samolyot havoda vayron bölgan.
Rossiyalik ekspertlar layner detallari va parçalarini voqea joyidan olib çiqiş imkoniyatiga ega bölmagan, şu bois ular halok bölgan yölovçilar bagajini tekşirgan, şuningdek, samolyotning ayrim qismlarini közdan keçirgan.
Hozirça uşbu versiya öz tasdiğini topmagani, detallar keyingi tadqiqotlar mobaynida aniqlaştirilişi ta'kidlanmoqda.






