16 dekabr kuni Argentinaning "River Pleyt" jamoasi klublar örtasidagi jahon çempionati yarim finalida Yaponiyaning "Sanfreççe Xirosima" jamoasiga qarşi öyin ötkazdi.

Yaponiyaning Osaka şahrida taşkillaştirilgan bu bellaşuvda argentinaliklar 1:0 hisobida ğalaba qozonişib, finalga yöl olişdi.

Öyindagi yagona gol 72 daqiqada Lukas Alario hisobiga yozilgan.

Yarim finalning ikkinçi juftligi "Barselona" va "Guançjou Evergrand" (Xitoy) jamoalaridan tarkib topgan. Bu jamoalar örtasidagi bahs 17 dekabr kuniga belgilangan.

Final esa 20 dekabr kuni Yokogama şahrida ötkaziladi.

Sanfreççe Xirosima (Yaponiya) – River Pleyt (Argentina) 0:1
Gol: Alario, 72
Sanfreççe: Xayasi, Kasiva (Mikiç, 61), Siotani, Çiba, Sasaki, Simizu, Duglas, Aoyama, Çadjima (Sato, 76), Minagava (Asano, 66)
River: Barovero, Merkado (Mayada, 85), Maydana, Balanta, Vandjoni, Kranevitter, Karlos Sançes, Piskuliçi (Vyudes, 64), Pontsio (Luço Gonsales, 57), Mora, Alario