Britaniya boş vaziri Devid Kemeron yangi memlar seriyasi qahramoniga aylandi, deya xabar bermoqda Daily Mirror. Bunga boş vazir özining tvitterdagi rasmiy sahifasiga fotosuratini joylaştirgani sabab böldi. Uşbu fotosuratda siyosatçi Qozoğistonning Boyqönğir kosmodromida Xalqaro kosmik stansiyaga «Soyuz TMA-19M» raketasi uçirilişiga bağişlangan televizion translyatsiyasini tomoşa qilayotgani tasvirlangan.
Ekipaj tarkibida britaniyalik astronavt Tim Pik ham bor.
Naşrning qayd etişiça, Birlaşgan Qirollik sönggi 24 yil içida özining ilk astronavtini koinotga uçirdi. Kemeron esa mazkur jarayonni televizor orqali tomoşa qilgan. U öz suratini internetda e'lon qilganidan söng fotosurat asosida köp sonli memlar yaratildi.
Jumladan, internet foydalanuvçilari boş vazirning örindiqda töğri ötirişni bilişi bilan qiziqqan. “Devid Kemeron qanday qilib televizor köriş kerakligini qöllanmadan örganib, buni uddalay olmayotgan odamga öxşaydi”, - deb yozadi izoh beruvçilardan biri. Ular Kemeronning televizor körib turgan ilk fotosurati ekanini ham ta'kidlab ötişgan.
Mem mualliflari Kemeronning televizor orqali nima körişi mumkinligi borasidagi turli-tuman variantlarni keltirişgan. Masalan, boş vazir “Yulduzlar jangi” filmini tomoşa qilayotgani, boşqa birida esa u çöçqalar töğrisidagi körsatuvni körayotgani tasvirlangan.






